AVTORADIO
102.0
T.ME/AVTORADIOUZ
INSTAGRAM.COM/UZAVTORADIO.UZ
FACEBOOK.COM/UZAVTORADIO
TONGGI ENЕRJI
Shiddatli, qiziqarli, pozitiv va foydali soatlarda boshlovchilar ZIYOVUDDIN va YASHNA harakatda bo‘lgan insonga nima qiziq bo‘lsa, ana shular haqida so‘zlashadi. Efirning birinchi soatida “Qahvaxo‘rlik” deb nomlangan quvnoq loyihada ikkita boshlovchi issiqina qahva bilan qiziqarli mavzuga qo‘l urishadi: har safar kutilmagan mavzu va mulohazalar. Tabiyki, tinglovchilar ham tongi qahvaxo‘rlikka taklif etiladi. Har kuni soat 9:00dan 10:00gacha ega “Kun mavzu”lari tashkil etilgan: bu yerda alohida bir mavzu muhokama qilinadi. Efirning so‘nggi soatida - tinglovchilar bilan “Seyf” o‘yinida topqirliqda bel bog‘lanadi. Kim g‘olib chiqsa – sovg‘a uniki! Avtoradioning ramziy seyfida nimadir bor: topqir tinglovchi boshlovchilarning savollariga javob berolsa, bas, g‘olib ana shu sovg‘aning sohibiga aylanadi. Javob berolmasa, seyfdagi sovg‘a keyingi o‘yingacha qoladi.
SHIRIN G‘OFUROVA

“Ismi jismiga monand” deganlariday, kechki efir “qirolichasini” yo‘lda tinglab ketayotkanlar, behosdan, qizil chiroqga o‘tib ketishi hech gap emas. Shirali ovoz sohibasining efirlari shu qadar qiziqarli. Siz ham qiziqdingizmi? “Avtoradio”ni tinglang! Faqat qizil chiroqga xushyor bo‘ling.






LIVE PARAD
DUSHANBA / PAYSHANBA
15:00 - 16:00
Shiddatli, qiziqarli, pozitiv va foydali soatlarda boshlovchi Otabek Tojiboyev harakatda bo‘lgan tinglovchilarga jonli musiqa, xalqona muloqot va kunning eng muhim xabarlarini tortiq etadi. Soat 15:00 - 16:00 gacha boshlovchi tomonidan jonli ijrodagi qo‘shiqlar radio formatda taqdim etiladi
XALQONA TЕLЕGRAM

Xalq yetkazadigan yangiliklar. Xabarni ovoz shaklida Avtoradio telegram kanaliga #xalqonaxabarlar xeshtegi bilan yuborishlarini so‘raymiz. Xorijdagilardan ham xabarlar yetkaziladi. “Qiziqarli voqea sodir bo‘ldimi? Bo‘lishing! Yo‘l transport xodisasi guvohiga aylandizgizmi? Xabarini bering! Muhim tadbir ishtirokchisi bo‘ldingizmi? Ma’lum qiling! Bir daqiqadan oshmagan ovozli xabarlaringiz har kuni “Xalqona telegram” ruknida yangraydi!” – kabi chaqiriqlar sizni ham befarq qoldirmasligi aniq.
Katta sahnalarga yarashadigan gavda sohibi nainki radio, balki televizion sahnalarni ham muvaffaqiyat bilan ishg‘ol etmoqda. Otabekning mualliflik loyihalari ham qiziqishingizni uyg‘ota oladi, shu bilan birga, axborot–ko‘ngilochar ma’lumotlardan ham voqif etadi.
O‘tkir hazillar shaydosi, intellektual suhbatlar ihlosmandi, muvaffaqiyatli taqdirlar hikoyachisi, moziydagi xitlar muhlisi, Avtoradio boshlovchisi. Ha-ya, eng muhimi yoddan ko‘tarilibdi: dinozavrlar davridagi radiodan yetib kelgan ijodkor.

“Og‘ir kavaleriya”

toifasiga kiradigan afsonaviy boshlovchimizning bilimi, so‘z boyligi, takallufi va madaniyati cheksiz. Iqtidori esa sayroqi qushlar va she’riy satrlar bilan chegaralanmaydi, aksincha, chegarasi bo‘lmagan makonga eltadi tinglovchisini.

AVTORADIO

HAMROH MChJ